TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Dushanba kuni Nyu-York shahrida yuz bergan terakt AQSh kongressi tomonidan islohotlar qabul qilinishi zarurligini ko‘rsatdi, shu jumladan, amerikaliklar himoyasi uchun, immigratsiya sohasida ham, deb bayonot qildi prezident Donald Tramp.
Ulla AQShga immigratsiya vizasi orqali 2011-yilning 21-fevralida kirib kelgan.
"Bugun Nyu-York shahrida ommaviy qotillikni sodir etishga urinish — so‘nggi ikki oy davomida Nyu-Yorkda amalga oshirilgan ikkinchi terrorchilik hujumidir. Bu yana bir marotaba amerika xalqi himoyasi uchun kongress tomonidan qonunchilik islohotlarini amalga oshirish zaruratini ko‘rsatdi", — deyilgan Tramp bayonotida.
AQSh rahbari ta’kidiga ko‘ra, jinoyatchi mamlakatga oilaviy immigratsiya orqali kirib kelgan. "Bu esa milliy xavfsizlikka mutlaqo nomutanosibdir", qo‘shimcha qiladi u.
"Kongress zanjirli migratsiyani to‘xtatmog‘i zarur. Kongress mening ma’muriyatim tomonidan bildirilgan — ichki xavfsizlikni kuchaytirish, xususan, immigratsiya va chegara huquq-tartibot organlari xodimlari sonini ko‘paytirish bo‘yicha bildirilgan takliflarga asosan harakat qilmog‘i lozim. Bizning immigratsiya tizimimizda firibgarlik va suiiste’mol qilish holatlari to‘xtatilishi kerak. Bu zararli tizim Amerika iqtisodi va xavfsizligiga yetkazayotgan eng katta ziyon allaqachon yuzaga qalqdi",- deydi Tramp.