TATU o‘qishning kredit tizimiga o‘tadi

© tuit.uzTATU
TATU - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018-2019 o‘quv yilidan boshlab TATU kredit tizimiga o‘tadi, - dedi institut rektori Sarvar Boboxo‘jayev.

TOShKENT, 24-may – Sputnik. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab kredit tizimi joriy etiladi, deyilgan oliygox xabarida.

Studenti MGU - Sputnik O‘zbekiston
MGU talabalari Mirziyoyevdan o‘qish narxini oshirmaslikni so‘rashmoqda

Bu haqida  22 may kuni IUT rektori Sarvar Boboxo‘jayev #MITCROADMAP2018 anjumani doirasida e’lon qildi. Rektor aytishiga qaraganda ushbu munosabat bilan har yarim yillikda o‘quv muddati 18 haftadan 15 haftagacha qisqartirilar ekan.

“Ta’limning kredit tizimi, shuningdek, semestr davomida o‘qish haftalariga ta’sir qiladi. 18 haftalik yarim yildan 15 haftalik yarim yilga ko‘chirish rejalashtirilgan”, - dedi Boboxo‘jayev.

Aytish joizki, O‘zbekiston uchun yangi bo‘lgan ushbu kredit tizimi prezidentining 2018-yil 19-fevralda qabul qilingan PF-5349sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq tatbiq etilgan.

Akademiya MVD - Sputnik O‘zbekiston
IIV o‘quv yurtlarini bitirganlar 5-yil ishlab beradi yoki o‘qish pulini to‘laydi

O‘zbekiston oliygohlarida kredit tiziminping qabul qilinishi, bu O‘zbekiston va Yevropaning oliy ta’lim sohasida o‘zaro hamkorligi natijasidir.  

"Bolon jarayoni" prinsiplariga asosan tuzilgan yangi o‘quv tizimi - ta’lim sifatini yaxshilash, xalqaro tavsiyalarni qo‘llash asosida xalqaro ta’lim standartlarini joriy etishga qaratilgan.

Shuningdek, tizimni joriy etish - TATUga xorijiy universitetlar bilan talabalar, professor-o‘qituvchilar va pedagog kadrlarni almashish imkonini beradi.

Yangi tizimning eng asosiy xususiyati esa - u talabalarga o‘zining mustaqil ta’lim dasturini shakllantirish va bilimlarni baholashning shaffofligini ta’minlash imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Bolon jarayoni – 1999-yilda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida imzolangan ko‘ngilli shartnomadir. Uning asosiy maqsadi - milliy ta’lim tizimlarini uyg‘unlashtirish va bir biriga yaqinlashtirish yo‘li bilan, butun Yevropa hududida umumlashgan oliy ta’lim tizimini yaratishdir.

Bugungi kunda Rossiya ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar ham Boloan jarayoni tizimiga juda o‘xshashdir. Rossiya ta’lim vazirligi butun mamlakat hududida umumlashgan ta’lim tizimini yaratish yo‘lidan bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0