O‘zbekistonda 22 mingdan ortiq xonadon maishiy texnika bilan ta’minlandi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishKonforki gazovoy pliti
Konforki gazovoy pliti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kam ta’minlangan oilalarda istiqomat qiluvchi 1200 nafarga yaqin bemor insonga sog‘lig‘ini tiklashi uchun 4 million so‘mdan, 2200 oilaga uy-joylarini ta’mirlash uchun 10 million so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatildi.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan respublikada kam ta’minlangan oilalarning ijtimoiy-maishiy ahvolini o‘rganish natijasida 22 mingdan ortiq xonadon maishiy texnika bilan ta’minlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi matbuot xizmati.

Fura - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyati hokimi seldan jabrlangan surxondaryoliklarga beg‘araz yordam yubordi

Xabarda aytilishicha, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan o‘rganish natijalariga ko‘ra uy-joyga, maishiy texnika jihozlariga ehtiyoji bor, yashash joylarini ta’mirlash, tibbiy xizmat borasida amaliy yordamga muhtoj oilalar aniqlanib, aholining kam ta’minlangan toifalariga beg‘araz yordam ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.

O‘tgan davr mobaynida respublika bo‘yicha 22 mingdan ortiq xonadon kundalik turmushda zarur bo‘lgan maishiy texnika jihozlari bilan ta’minlandi. Kam ta’minlangan oilalarda istiqomat qiluvchi 1200 nafarga yaqin bemor insonga sog‘lig‘ini tiklashi uchun 4 million so‘mdan, 2200 oilaga uy-joylarini ta’mirlash uchun 10 million so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatilib, uy-joylari ta’mirlab berildi.

Shuningdek, Toshkent shaharida istiqomat qiluvchi 1166 nafar kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarning yashash sharoitlarini o‘rganib chiqildi.

O‘rganishlar natijasida 55 ta ehtiyojmand oilaning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun 6 mlrd. 875 mln. so‘m, 275 ta kam ta’minlangan oilaning uy-joyini ta’mirlash uchun 3 mlrd. 850 mln. so‘m, 66 nafar ijtimoiy himoyatalab insonning sog‘lig‘ini tiklash uchun amaliy yordam ko‘rsatish bilan birga, jarrohlik operatsiyalari uchun zarur mablag‘larni tegishli muassasalarga o‘tkazib berish uchun 264 mln. so‘m, 770 ta ehtiyojmand oilani kundalik turmushda zarur bo‘lgan maishiy texnika jihozlari bilan ta’minlash maqsadida 2 mlrd. 310 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi belgilab olindi.

Meditsinskie rabotniki - Sputnik O‘zbekiston
Barcha viloyatlarda qizlar salomatlik markazlari va ayollar maslahatxonalari ochiladi

Joriy yil 24-may kuni Shayxontohur tumanida o‘tkazilgan tadbirga tumanda istiqomat qilayotgan 70 nafar kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘makka muhtoj va nogironligi bo‘lgan oilalar vakillari, yolg‘iz keksalar taklif etildilar. Tadbirda ularning har biriga zamonaviy gaz plitalari topshirildi.

Tadbirda kasaba uyushma faollari Shayxontohur tumanidagi Katta Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘ini, Gulxaniy ko‘chasida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalardan biri — Nargiza Xolmetova hamda Zafarobod mahallasidagi Zafarobod ko‘chasida yashovchi boquvchisini yo‘qotgan oilalardan biri bo‘lgan Sharifa Abdukarimova xonadonlariga ham tashrif buyurib, maishiy texnika jihozlarini taqdim etdilar.

Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan tadbirlar poytaxtining Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Mirobod, Yakkasaroy, Olmazor, Yashnobod, Yunusobod va Bektemir tumanlarida ham o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida 630 dan ortiq kam ta’minlangan oilalar maishiy texnika jihozlari bilan ta’minlandi.

Yangiliklar lentasi
0