Rossiya boks terma jamoasi O‘zbekiston bokschilari bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqchi

© Facebook/AIBAUzbekskiy bokser Sanjar Tursunov na chempionate mira po boksu
Uzbekskiy bokser Sanjar Tursunov na chempionate mira po boksu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yilgi Rio Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi jami 7ta medal bilan birinchi, 2017-yilda Gamburgda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 6ta medal bilan ikkinchi o‘rinni egallagandi

TOShKENT, 28, fev — Sputnik. Boks bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Eduard Kravsov O‘zbekiston boks terma jamoasi bilan mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish rejalashtirilganini aytdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Mejdunarodniy turnir po boksu, posvashenniy pamati Geroya Sovetskogo Soyuza Duyshenkula Shopokova  v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek bokschilari Bishkekdagi musobaqada sakkizta medalni qo‘lga kiritishdi

"Biz Umar Kremlov (Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi) bilan may oyida O‘zbekiston terma jamoasi bilan hamkorlikda mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish haqida gaplashdik. Umar Nazarovich bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Biz O‘zbekiston terma jamoasining birinchi raqamli bokschilari kelishini xohlaymiz. Bundan tashqari, Qozog‘iston terma jamoasi ham taklif etiladi. Keyinroq ular Sankt-Peterburgda o‘tkaziladigan Gubernator kubogi musobaqasida ishtirok etishlarini istaymiz", — dedi Kravsov.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilgi Rio Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi jami 7ta medal bilan birinchi, 2017-yilda Gamburgda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 6ta medal bilan ikkinchi o‘rinni egallagandi.

Yangiliklar lentasi
0