Bosh prokuraturada dori vositalari bilan ta’minlash masalasi tanqidiy muhokama qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana
Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, “Uzmedimpeks” davlat unitar korxonasi, “Dori-darmon” aksiyadorlik jamiyati hamda boshqa idoralar va hududiy prokuratura organlari rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

TOShKENT, 23-may — Sputnik. Kuni kecha Bosh prokuraturada farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qabul qililgan prezident qarorini ijrosiga bag‘ishlagan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Vesennie polevie raboti na polyax - Sputnik O‘zbekiston
Prokuratura Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligidagi qonun buzilishlarini aniqladi

Bosh prokurori raisligida o‘tgan mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.Qosimov, Bosh vazir o‘rinbosari Q.Akmalov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K.Rafikov, sohaga aloqador vazirlik va idoralarning rahbarlari, shuningdek ularning quyi tuzilma va tarmoqlari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish, farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini tashkil etish, aholini arzon, sifatli hamda zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan kafolatli ta’minlash, ijtimoiy dorixonalarni tashkil qilish borasidagi vazifalar ijrosi tanqidiy muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar bilan bir qatorda, tibbiyot muassasalariga farmatsevtika vositalarini yetkazib berish, dorixonalarni ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash, dori vositalari va tibbiy buyumlar narxlarining barqarorligini saqlash borasida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Posetitelnitsa osmatrivayet avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobil sotib olish uchun prokuratura xodimlariga imtiyozli kreditlar beriladi

Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, “Uzmedimpeks” davlat unitar korxonasi, “Dori-darmon” aksiyadorlik jamiyati hamda boshqa idoralar va hududiy prokuratura organlari rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Mutasaddi vazirlik va idoralarning rahbarlariga belgilangan vazifalarni bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yganliklari ko‘rsatib o‘tilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmagan taqdirda qat’iy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirildilar.

Tadbir yakunida O‘zbekiston prezidentining ushbu sohaga doir qarorlarida ko‘rsatilgan topshiriqlarning to‘liq va qat’iy bajarilishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha vazifalar belgilab berildi.

Yangiliklar lentasi
0