Avtomobil sotib olish uchun prokuratura xodimlariga imtiyozli kreditlar beriladi

© Sputnik / Mixail Mordasov / Mediabankka o‘tishPosetitelnitsa osmatrivayet avtomobil
Posetitelnitsa osmatrivayet avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prokurora xodimlari "Asaka" banki orqali kredit olishlari mumkin. Avtomobil narxining 25 foizi dastlabki badal sifatida to‘lanadi.

TOShKENT, 21-may — Sputnik. O‘zbekistonda prokuratura xodimlariga avtomobil xarid qilishda imtiyozlar taqdim etiladi, deb xabar qildi "Xalq so‘zi" nashri.

Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va FBR "yo‘l xaritasi"ni imzoladi

Prokuratura xodimlari avtokreditlarni "Asaka" bank orqali olishlari mumkin. Kredit 10-yil davomida to‘lanadi. Avtomobil narxining 25 foizi dastlabki badal sifatida to‘lanadi. Kreditning yillik foizi qayta moliyalash stavkasi 14 foiz ko‘rsatkichida bo‘ladi.

Ushbu shartlar asosida kreditga mashina olmoqchi bo‘lgan prokuratura organlari xodimlarining ro‘yxati Bosh prokuratura tomonidan taqdim etiladi.

Shu yil aprel oyi oxirida O‘zbekistonda jinoiy ishlarni elektron shaklga o‘tkazilgandi. Tajriba loyihasi Toshkentning ikkita tumanida boshlangan. 2019-yil 1-oktabrga kelib tegishli qo‘shimchalar kiritib, doimiy ravishda tatbiq etilishi ta’minlanadi. Ushbu tashabbusni amalga oshirish chog‘ida qog‘oz va elektron shakllardan foydalaniladi. Yangi tizim tergovchi, sudya va prokurorlarning xatolarini kamaytirishga yordam beradi.

Yangiliklar lentasi
0