O‘zbekiston piyoz eksport hajmini ko‘paytiradi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishLuk na ovoshnom sklade.
Luk na ovoshnom sklade. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zagroeksport" tomonidan dehqon va fermerlardan piyoz bir kilosi uchun 1200 so‘m to‘lanadi. Keyinchalik mahsulot "Uzagro" brendi ostida eksportga jo‘natiladi.

TOShKENT, 15-may — Sputnik. "O‘zagroeksport" Surxondaryo viloyatining dehqon va fermerlik xo‘jaliklaridan piyozni foydali narxda — bir kilogramm piyozni 1200 so‘mdan sotib olishni boshladi.

Urojay chereshni i vishni - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda gilos uchun eng past eksport narxi belgilandi

Bunday narxda fermerlarga o‘z harajatlarini qoplashga yordam beradi. Piyoz 30 kilogrammgacha bo‘lgan qoplarda sotib olinadi.

Piyozning kilosi o‘rtacha ishlab chiqarish narxi 590 so‘mni tashkil qilib, eksportga jo‘natiladi. Eksport jo‘natmalari "Uzagro" milliy brendi ostida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili meva-sabzavotlarni eksporti uchun yagona — "Uzagro" brendi ishlab chiqilgandi. Ushbu brend dunyoning istalgan nuqtasiga yetkazib berilayotgan mahsulotlarning yuqori sifatli ekanligining kafolati bo‘ladi. Respublikada yetishtirilayotgan barcha meva-sabzavotlar yagona milliy brend ostida eksport qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0