Toshkentda avtosalon xodimlari pora bilan qo‘lga olindi

© Press-slujba GU MVD RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie za vzatku
Zaderjanie za vzatku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Avtotexxizmat” MChJ xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

TOShKENT, 22-may — Sputnik. Bosh prokuratura huzuridagi departamenti xodimlari “Avtotexxizmat” xodimlarini 900 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangandi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Toshkentda "shapka" so‘ragan avtosalon direktori va uning sherigi qo‘lga olindi

Xabarda aytilishicha, departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi xodimlari tomonidan 2018-yil 19-may kuni tezkor tadbir o‘tkazilib, tadbirda Chilonzor tumanida joylashgan “Avtotexxizmat” MChJ xodimlari K. va B. “Lacetti” rusumli avtomashina sotib olish uchun avtomashinaga shartnoma olib berish evaziga fuqaro V.A dan 900 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan “Avtotexxizmat” MChJ xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0