Toshkentda "shapka" so‘ragan avtosalon direktori va uning sherigi qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Poytaxtlik ikki shaxs "Neksiya-3" rusumli avtomobilni 3 ming dollar ustama haq evaziga qisqa muddatda yetkazib berishni taklif qilgan

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari pora evaziga avtomobil taklif qilgan shaxsni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi. Bu haqda Toshkent ShIIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Poytaxtlik ikki shaxs "Neksiya-3" rusumli avtomobilni 3 ming dollar ustama haq evaziga qisqa muddatda yetkazib berishni taklif qilgani, ulardan biri bevosita shu sohaga aloqador shaxs ekanligi aniqlangan", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Olib borilgan tezkor tadbir natijasida talab qilingan summani olayotgan vaqtda ijtimoiy fondlardan birining ishchisi, 63 yoshli Abror.G hamda uning sherigi — "O‘zavtotexxizmat" MChJ avtosalonlaridan birining direktori Muhammadali.U (ismlar o‘zgartirilgan) qo‘lga olingan.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-modda 2-qismi ("firibgarlik") va 211-modda 2-qismi ("pora berish") bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yangiliklar lentasi
0