Turkiya prezidentligiga nomzod: g‘olib bo‘lsam, NATOdan chiqamiz

© FREDERICK FLORIN / AFPDogu Perinchek
Dogu Perinchek - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Meni partiyam hukumat tepasiga kelganda, Turkiya NATOdan chiqadi, amerika samolyotlari Injirlik bazasidan uyiga uchib ketishadi, bazaning o‘zi esa to‘liq turkiya harbiylari nazoratiga o‘tadi, deb ta’kidlamoqda Perinchek

TOShKENT, 21-may — Sputnik, Alena Palajchenko. Turkiya prezidentligiga nomzod, "Vatan" partiyasi yetakchisi Dogu Perinchek RIA Novosti nashriga bergan intervyusida agar u yuqori davlat amaliga saylangan taqdirda, mamlakat NATOdan chiqishini ma’lum qildi.

Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Islom dunyosi Quddus bo‘yicha imtihondan o‘ta olmadi, deb bayonot qildi Erdo‘g‘on
"Turkiya NATO a’zosi bo‘lgani bilan, bu tashkilot Turkiya yuzida dushmanni ko‘rmoqda. Yaqinda alyans mashg‘ulotlar o‘tkazdi va u yerda (Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol) Otaturk va Turkiyaning amaldagi prezidenti jangovar nishon etib ko‘rsatildi. AQSh terrorchi qurd guruhlariga yordam berib keladi, ularni qurol bilan ta’minlaydi, shu bois ham Turkiya va AQSh hozirda do‘stona munosabatlarda emas. Biz hukumatga kelganimizda, Turkiya NATOdan chiqadi, amerika samolyotlari Injirlik aviabazasidan uyiga uchib ketadi, bazaning o‘zi esa to‘liq turk harbiylari nazoratiga o‘tadi, va Turkiyada amerikaliklar qolmaydi", — deb aytgan Perinchek.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh, Isroil, Gretsiya va Kipr AQShning oltinchi floti ishtirokida mart oyida sharqiy O‘rta yer dengizida Turkiyaga qarshi qaratilgan harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazishdi.

"Men buni Turkiyaga qarshi ulkan xavf sifatida baholayman, va shu boisdan Rossiya, Suriya, Eron va Iroq bilan do‘stligimiz ustuvor bo‘lib ko‘rinmoqda… AQSh Eronga yadro kelishuvidan chiqish bilan tahdid qilishni boshladi va sanksiyalar bilan qo‘rqitmoqda. Shunday havotir borki, AQSh Quddus tufayli mojaroni avj oldirgach, Eronga kirishadi va uni bombardimon qiladi", — deb aytgan agentlikka suhbatdosh.

Perinchekning fikricha, AQShning Eron nomiga yog‘dirayotgan tahdidlari ko‘proq Turkiyaga qaratilgan. "Qo‘shma Shtatlarning asosiy nishoni aynan bizmiz. Nega Amerika asabiylashmoqda? Turkiya Amerika nazoratidan chiqib, Yevroosiyo tomon qadam tashladi, Rossiya va Eron bilan hamkorlikda harakat qilmoqda, bu esa butun boshli Yaqin Sharqdagi kuchlar taqsimotini o‘zgartirib yubordi, AQSh ustunligini shubha ostiga qo‘ydi. Shu bois ham ular Turkiyani Eron va Rossiya ittifoqdoshligidan chetlatish uchun tahdidlarni yuzaga keltirishga harakat qilishmoqda", — deb aytgan Turkiya prezidentligiga nomzod.

U shuningdek, AQSh o‘z maqsadiga yetolmasligini, "chunki Turkiya Atlantikaga burilmasligini, uning haqiqiy joyi — Rossiya, Eron, Xitoy, Markaziy Osiyo davlatlari bilan Yevroosiyoda ekanligini" qo‘shimcha qilgan.

Turkiyada 24-iyunda o‘tkaziladigan muddatdan ilgarigi saylovlarda mamlakatning amaldagi prezidenti Toyib Erdo‘g‘ondan tashqari, asosiy muxolif Xalq-respublikachilar partiyasidan Muxarram Indje, Selaxattin Demirtash (qurdparast Xalqlar demokratiyasi partiyasi), shuningdek, mustaqil nomzodlar Meral Akshener, Temel Karamollaog‘lu va Dogu Perincheka nomzodlari ism-shariflari saylov bulletenlaridan o‘rin oladi.

Yangiliklar lentasi
0