Islom dunyosi Quddus bo‘yicha imtihondan o‘ta olmadi, deb bayonot qildi Erdo‘g‘on

© AP Photo / Yasin Bulbul, Presidential Press Service, PoolPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika elchixonasining Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirilishiga musulmon mamlakatlari nega sust munosabat bildirdilar degan savolga Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on izoh berdi

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Islom dunyosi Quddus bo‘yicha imtihonni uddalay olmadi, deb bayonot qildi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on AQSh elchixonasining Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirilishiga musulmon mamlakatlari tomonidan sust munosabat bildirilgani holatiga izoh berar ekan. RIA Novosti xabariga asosan.

Uchastniki protestov na territorii Ramalli v Palestine protiv resheniya SShA o priznanii Iyerusalima stolitsey Izrailya - Sputnik O‘zbekiston
Qarsaklar va o‘q tovushlari. AQSh o‘z elchixonasini Quddusga ko‘chirishi nimasi bilan xavfli
"Quddus — bu shunchaki shahar emas. Bu musulmonlar uchun belgi, bu imtihon. Islom dunyosi bu imtihonni topshira olmadi. Butun dunyo ham undan o‘ta olmadi, BMT AQSh tomonidan yo‘l qo‘yilgan harakatga samarali qarshilik ko‘rsata olmadi. Biz, musulmonlar, qoralashdan boshqa hech vaqo qilmayapmiz", — deb bayonot qildi Erdo‘g‘on G‘azo sektoridagi Isroil harakatlariga qarshi Istanbulda minglab odamlar to‘plangan norozilik mitingida.

Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, "agar musulmonlar birdam bo‘lsa va birgalikda zulmga qarshi chiqsa, u holda Isroil noma’qulchiligi uzoqqa bormaydi". Shu bilan birga turk yetakchisi yahudiylarni sionistlarga o‘xshatish kerak emasligini qo‘shimcha qildi va amerikaliklarni "AQSh rahbariyati sodir etayotgan xatoliklarga nisbatan ovozlarni balandlatishga chaqirdi".

Ushbu mitingda Turkiya Bosh vaziri Binoli Yildirim ham chiqish qilib, "falastin xalqining adolatli kurashi — Turkiyaning ham kurashi" deb aytdi. Yildirim Isroil yetakchisini fashist Germaniya va Italiya rahbarlariga qiyosladi. "Isroil hukumati Gitler va Mussoliniga taqlid qilgan holda, butun dunyoga o‘zlarining asl maqsadlarini ko‘rsatishmoqda — ular okkupantlar bo‘lib, huquq normalarini mutlaqo nazarga ilishmaydi", — dedi Turkiya Bosh vaziri.

Aksii protesta na granitse sektora Gaza i Izrailya - Sputnik O‘zbekiston
ADL Quddusning yangi maqomini tan oladigan davlatlar bilan munosabatni qayta ko‘rib chiqadi

Amerika elchixonasi Quddusga ko‘chirilgan kunda G‘azo sektorida norozilik aksiyalari boshlanib ketdi. Isroil askarlari tartibsizlik ishtirokchilariga qarata to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘t ochdilar. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu to‘qnashuvlarda 60dan ziyod falastinliklar halok bo‘lgan.

Erdo‘g‘on ushbu harakatlarni genotsid, deb atadi va Turkiyada uch kunlik motam e’lon qildi. Bundan tashqari, Anqara maslahatlashuv uchun AQSh va Isroildan o‘z elchilarini chaqirib oldi, Isroil elchisiga esa mamlakatni tark etishni taklif etdi.

Yangiliklar lentasi
0