O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va FBR "yo‘l xaritasi"ni imzoladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana
Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi doirasida Bosh prokuror Otabek Murodov AQShning ayrim huquqni muhofaza qiluvchi organlarida uchrashuvlar o‘tkazdi

TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va FTB(FBR) o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumini amalga oshirish yuzasidan "Yo‘l xaritasi"ni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot-xizmati. Anglashuv Memorandumi 2017-yilning dekabrida Vashingtonda imzolanganligi qo‘shimcha qilingan.

Shavkat Mirziyoyev posetil Pentagon - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti va Pentagon rahbari o‘rtasida uchrashuv qanday o‘tdi
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston prezidentining AQShga tashrifi doirasida Bosh prokuror Otabek Murodov tomonidan AQShning ayrim huquqni muhofaza qiluvchi organlarida uchrashuvlar o‘tkazilgan.

"AQSh Ichki xavfsizlik departamenti Maxfiy xizmati ma’sul xodimlari bilan uchrashuvda o‘sib borayotgan tahdid va mazkur turdagi jinoyatlarning transmilliy xususiyatini inobatga olgan holda valyutaga oid jinoyatlar, qalbaki pul belgilari va boshqa to‘lov vositalarini tayyorlash va ulardan foydalanish hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi", — deyiladi xabarda.

Xususan, Adliya departamentida AQSh Bosh prokurori yordamchisi B.Shvars bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jinoyatchilikka qarshi kurash va tergov borasida o‘zaro yordam ko‘rsatish sohasida xamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Departament vakillariga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-xuquq islohotlari, 5-yillik rivojlanish Strategiyasi, nisbatan qisqa davr ichida erishilgan jiddiy yutuqlar to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Amerika tarafi tomonidan yangilanishlarga ijobiy baho berilib, AQSh Adliya Departamenti va O‘zbekiston Bosh prokuraturasi oldiga qo‘yilgan umumiy vazifalarni inobatga olgan holda o‘zaro xamkorlikni mustahkamlash zarurati va bunga qat’iy tayyorgarlik ifoda etilgan.

Shuningdek, Adliya Departamentining OPDAT va ICITAP dasturlari doirasida jinoiy ta’qib va kadrlarni o‘qitish sohasida salohiyatni oshirish yuzasidan ko‘mak ko‘rsatishga oid o‘zaro xamkorlik masalalari muhokama qilingan.

2018 yil 15-martda Toshkentda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda Maxfiy xizmat o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv Memorandumining ijrosini amalda ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olingan.

Yangiliklar lentasi
0