Shavkat Mirziyoyev Pentagonda AQSh mudofaa vaziri bilan qanday masalalarni muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil Pentagon SShA
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil Pentagon SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Pentagonda AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis bilan muzokara olib bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Mayklom Pompeo - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev AQSh davlat kotibi bilan uchrashdi

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston rahbari ko‘p yillik va samarali hamkorlik uchun AQSh tomoniga minnatdorlik bildirib, Prezident Donald Tramp bilan o‘tgan muloqot natijasida davlatlararo munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.

"Tashqi siyosatimizdagi ochiqlik va yaxshi qo‘shnichilik prinsiplariga asoslanib, Vatanimiz suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlash maqsadida mamlakatimiz Mudofaa doktrinasi sifat jihatidan yangilandi. Harbiy okruglarning tarkibiy tuzilishi va vazifalari tubdan qayta ko‘rib chiqildi, harbiy bilim yurtlari isloh qilindi. O‘zbekiston bu sohada Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan tajriba almashish, harbiy-texnikaviy, mudofaa va xavfsizlik yo‘nalishida hamkorlik qilishdan manfaatdor", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

AQSh mudofaa vaziri prezident Shavkat Mirziyoyev tashrifidan mamnun ekanini bildirib, O‘zbekiston mintaqadagi muhim geostrategik davlat ekanini ta’kidladi.

"O‘zbekistonning ochiq va konstruktiv tashqi siyosati natijasida Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik muhiti yaratildi. Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani bilan muloqotlaringiz, Afg‘oniston ishlari bo‘yicha maxsus vakil tayinlaganingiz muhim ahamiyatga ega. Rasmiy tashrifingiz doirasida qabul qilingan besh yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik rejasi mintaqadagi tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi", — dedi Jeyms Mettis.

Uchrashuvda mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0