TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida Belarus Respublikasi hududida yashovchi O‘zbekiston fuqarolariga murojaat e’lon qilindi.
"O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Elchixonasi ochilishi va o‘z faoliyatini boshlashi munosabati bilan, Belarus hududida yashovchi O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasida doimiy va vaqtinchalik konsullik ro‘yxatidan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qisqa muddatlarda Moskvadagi Elchixonadan ro‘yxatdan chiqib, Minsk shahridagi Elchixonaga ro‘yxatda turishlari lozim", — deyiladi xabarda.
Elchixona manzili: Minsk shahri, Pokrovskaya ko‘chasi, 24-uy.
Fuqarolarni konsullik masalalari bo‘yicha qabul qilish kunlari va vaqtlari: dushanba kuni soat 9:30 dan 12:30 gacha.
Chorshanba kuni soat 9:30 dan 12:30 gacha. Juma kuni soat 9:30 dan 12:30 gacha.