Shavkat Mirziyoyev yangi samolyotni ko‘zdan kechirdi

Obuna bo‘lish
Prezidentning joriy yil fevral oyidagi topshirig‘iga muvofiq, juda qisqa vaqtda yana bitta Dreamliner xarid qilindi

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Vashingtondan qaytib, Toshkent xalqaro aeroportida yangi Boing-787 samolyotini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uzbekskie avialinii prinyali v ekspluatatsiyu yeshe odin samolet Boeing 787-8 Dreamliner - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston havo yo‘llari" aviaparkiga yana bir Boeing-787 Dreamliner samolyoti keltirildi

Dreamliner, ya’ni "orzu layneri" deb nomlanuvchi ushbu havo kemasi 14 ming kilometrga to‘xtovsiz ucha oladi. 270 yo‘lovchi o‘rniga ega. Samolyot borti kompozit materiallardan tayyorlangani yoqilg‘i tejamkorlikni ta’minlaydi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu avialaynerni ko‘zdan kechirdi, xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Milliy aviakompaniya orqali qatnovchi yo‘lovchilarni ko‘paytirish, odamlarga qulayliklarni oshirish zarurligini ta’kidladi.

Avvalroq ikkita shunday samolyot sotib olingan edi. Prezidentning joriy yil fevral oyidagi topshirig‘iga muvofiq, juda qisqa vaqtda yana bitta Dreamliner xarid qilindi. O‘zbekiston rahbarining AQShga rasmiy tashrifi yakunida ushbu havo kemasi respublikaga olib kelindi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari"dan ma’lum qilishlaricha, kuni kecha Vashington shahrida milliy aviakompaniya bilan AQShning "Boing" kompaniyasi o‘rtasida bitim imzolangan. 2019-yilda ikkita, 2020-yilda yana bitta Dreamliner olib kelinadi.

Yangiliklar lentasi
0