Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s zamestitelem ministra inostrannix del Velikobritanii
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s zamestitelem ministra inostrannix del Velikobritanii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suhbat davomida O‘zbekiston rahbari ikki tomonlama hamkorlik borasida mavjud ulkan salohiyatni samarali ro‘yobga chiqarish muhim ekanini alohida ta’kidladi.

TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni London shahri aeroportida qisqa texnik to‘xtash davomida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alan Dunkan bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston rahbari ikki tomonlama hamkorlik borasida mavjud ulkan salohiyatni samarali ro‘yobga chiqarish muhim ekanini alohida ta’kidladi.

Beliy Dom v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Oq Uy: Mirziyoyevning AQShga tashrifi - tarixiy

Turli darajalardagi muloqotlarni jadallashtirish, amaliy hamkorlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, moliyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Alan Dunkan O‘zbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan islohotlarga, respublikaning mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan faol sa’y-harakatlariga, jumladan, joriy yil mart oyida Toshkent shahrida Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya muvaffaqiyatli o‘tkazilganiga yuksak baho berdi.

Buyuk Britaniya ikki davlat o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekani qayd etildi.

Londondagi texnik to‘xtashdan so‘ng O‘zbekiston prezidenti AQShga jo‘nab ketdi.

Yangiliklar lentasi
0