Oq Uy: Mirziyoyevning AQShga tashrifi - tarixiy

© Sputnik / Vladimir FedorenkoBeliy Dom v Vashingtone
Beliy Dom v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston rahbarini 16-may kuni kutib oladi, ular ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilishadi

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Oq Uy O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifini — tarixiy deya atadi. Ushbu bayonot keltirilgan press-reliz AQSh prezidenti rasmiy qarorgohining saytida e’lon qilingan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Tramp taklifiga binoan Amerikaga rasmiy tashrif uyushtiradi

"2018 yil 16-may kuni Prezident Donald Tramp O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Oq Uyga ilk bor tashrifi munosabati bilan qabul qiladi. Prezident Tramp va Prezident Mirziyoyev umumiy manfaatli rejalarni davom ettirish va qator o‘zaro masalalarni hal etish maqsadida Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni qayta ko‘rib chiqadi",- deyiladi bayonotda.

Shuningdek, ikki tomon O‘zbekistonning muhim islohotlarni amalga oshirish, savdo va investitsiyani kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni hal etish bo‘yicha erishgan yutuqlarini muhokama qiladi.

Yangiliklar lentasi
0