Bugun Moskvada "Ramazon chodiri" ochiladi

© islam.ruShater Ramadana v Moskve
Shater Ramadana v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Ramazon chodiri" doirasida butun muqaddas oy davomida har kuni mavzuli suhbatlar, viktorinalar, interaktiv muloqot va faxriy mehmonlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

TOShKENT, 15-may —Sputnik. Bugun Moskvadagi Poklonnaya gorada joylashgan Xotira masjidi binosi oldida 13-bor Moskva "Ramazon chodiri"ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

"Ramazon Chodiri" Rossiya musulmonlar diniy idorasi hamda Moskva hukumati tomonidan har yili muqaddas Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan tashkil qilinadigan madaniy-ma’rifiy tadbir hisoblanadi.

Prazdnovanie Kurban-Bayrama v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Ramazon oyi kirib kelish kuni ma’lum bo‘ldi

"Ramazon chodiri" doirasida butun muqaddas oy davomida har kuni mavzuli suhbatlar, viktorinalar, interaktiv muloqot va faxriy mehmonlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Bu yilgi loyiha tarixdagi eng yirigi bo‘lib, kuniga 500ga yaqin mehmonni o‘z ichiga oladi", — deb xabar berdi tashkilotchilar RIA Novostiga.

Tantanali ochilish marosimida Rossiyadagi musulmon va boshqa dinlar yetakchilari va vakillari, shahar va federal ma’muriyat vakillari, madaniyat va san’at namoyandalari, jamoatchilik tashkilotlari rahbarlari ishtirok etadi.

"Ertaga, 16-maydan boshlab "Ramazon chodiri" barcha uchun eshiklarini ochadi va an’anaga muvofiq turli millat va dinlar vakillarini iftorlikka chorlaydi", — dedi tashkilotchilar.

Musulmane v den prazdnika jertvoprinosheniya Kurban-Bayram - Sputnik O‘zbekiston
Ramazon oyini munosib o‘tkazish haqidagi prezident qarori e’lon qilindi

Butun oy davomida bu yerga tashrif buyuruvchilar uchun Ingushetiya, Qorachoy-Cherkesiya, Dog‘iston, Tatariston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkiya va boshqa davlatlar oqshomlari o‘tkaziladi.

"Ramazon chodiri"ning dizayni quyosh botishini — minglab musulmonlar e’tiqod va Alloh mukofotiga sazovor bo‘lish umidida o‘z yaqinlari bilan iftorlik dasturxoni atrofida jam bo‘ladigan vaqtni eslatishi diqqatga sazovor", — deb qo‘shib qo‘yishdi tashkiliy qo‘mita vakillari.

"Ramazon chodiri" loyihasi Rossiya Muftiylar kengashi, RF Musulmonlar idorasi va Moskva Musulmonlar idorasi tashabbusi hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0