TOShKENT, 13-may – Sputnik. O‘zbekistonda Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish haqida prezident qarori imzolandi, deb xabar qilmoqda “Xalq so‘zi”.
O‘zbekiston prezidenti tomonidan 11-may kuni imzolangan qarorda quyidagilar aytib o‘tilgan:
1. 2018-yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 17-may kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Viloyatlarda va Qoraqalpog‘iston Respublikasida Ramazon oyini azaliy an’ana va qadriyatlarimiz ruhida har tomonlama munosib o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Joylarda yosh avlodimizni Vatanga muhabbat, milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan ma’rifiy tadbirlar va targ‘ibot ishlari tashkil etilsin.
Yordamga muhtoj kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ziyoratgohlarini, qabristonlarni obodonlashtirishga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat berilsin.
3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon oyini o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Qarorning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.