Kreml G‘azo sektorida o‘nlab falastinliklar halok bo‘lganidan tashvishda

© Sputnik / Axmet Abed / Mediabankka o‘tishAksii protesta na granitse sektora Gaza i Izrailya
Aksii protesta na granitse sektora Gaza i Izrailya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘tgan yilning dekabr oyida Quddusni Isroil poytaxti deb tan olishini e’lon qildi. Isroil tashkil topganining 70-yilligiga tuhfa tarzida AQSh o‘z elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirdi. Trampning bu qarori falastinliklar o‘rtasida tartibsizlikni yuzaga keltirdi

TOShKENT, 15-may — Sputnik. Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha xalqaro "Kvartet" ishtirokchi-mamlakatlari mintaqada zo‘ravonlik va ziddiyatni keltirib chiqaradigan avj oldiradigan harakatlardan uzoq bo‘lishlari kerak, deb ta’kidladi RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

Aksii protesta na granitse sektora Gaza i Izrailya - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy Tramp qarori tufayli yangi mojarolardan uzoqroq bo‘lishga chaqirdi

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Moskvada avval boshdanoq Vashingtonning Yaqin Sharqda ziddiyatni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan harakatlariga nisbatan tashvish bildirilgan.

"Afsuski, hammasi shunday bo‘ldi", — dedi Peskov.

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘tgan yilning dekabr oyida Quddusni Isroil poytaxti deb tan olishini e’lon qildi. Isroil tashkil topganining 70-yilligiga tuhfa tarzida AQSh o‘z elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirdi. Trampning bu qarori falastinliklar o‘rtasida tartibsizliklarni, qator arab davlatlarida esa noroziliklarni yuzaga keltirdi.

"Holat, ayniqsa, ko‘plab falastinlik halokati, juda chuqur tashvishlarni keltirmasligi mumkin emas. Biz voqealar rivojini diqqat bilan kuzatmoqdamiz, va avvalgidek, barcha mamlakatlar, ayniqsa, "kvartet" ishtirokchilari (Rossiya, AQSh, YeI va BMT, tahr.) bu kabi ziddiyatni avj oldiruvchi qandaydir hatti-harakatlardan uzoq bo‘lishlari kerak, deb hisoblaymiz", — deb ta’kidladi Peskov jurnalistlarga.

Protesti protiv perenosa posolstva SShA iz Tel-Aviva v Iyerusalim - Sputnik O‘zbekiston
G‘azo sektoridagi namoyishlar: Yaponiya tomonlarni bosiqlikka chaqirmoqda
G‘azo sektorida norozilik namoyishlari dushanba kuni bo‘lib o‘tdi. Bunga Isroil davlatining barpo etilganiga 70-yil to‘lishi va ushbu sana munosabati bilan AQSh elchixonasining Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirilishi sabab bo‘ldi.
Isroillik askarlar va falastinliklar o‘rtasida ro‘y bergan qonli to‘qnashuvlar oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra 59 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 2,7 ming nafardan ziyodi jarohatlandi. Falastinlik yetakchi Mahmud Abbos uch kunlik motam e’lon qildi. G‘azo sektoridagi holatni seshanba kuni BMT Xavfsizlik Kengashi muhokama qiladi.

Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha to‘rt tomonlama xalqaro "Kvartet" instituti 2001-yilning oxirida shakllantirilgan. Uning tashabbskorlari Rossiya va Yevropa Ittifoqi bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0