TOShKENT, 15-may — Sputnik. Yaponiya hukumati Isroil davlati tashkil topganining 70-yilligiga bag‘ishlangan tadbir — AQSh elchixonasining Tel-Avivdan Quddusga ko‘chiririlishidan keyin G‘azo sektorida avj olgan norozilik aksiyalari munosabati bilan tomonlarni bosiq bo‘lishga chorlamoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.
"Bu favqulodda qayg‘uli. Biz umid qilamizki, barcha jalb qilingan tomonlar vaziyatni tinch yshl bilan tartibga solish davomida bosiqlikni namoyish qiladilar", — dedi jurnalistlarga Yaponiya TIV rahbari Taro Kono.
Vazir Tokio "Yaponiya elchixonasini Quddusga ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqmayotganini va Amerika elchixonasining ochilish marosimiga o‘z vakillarini yubormaganligini" ta’kidlagan.
Falastin yetakchisi Mahmud Abbos uch kunlik motam e’lon qildi. G‘azo sektoridagi vaziyatni seshanba kuni BMT XK muhokama qiladi.