O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

© Sputnik / Igor MaslovReysovie avtobusi
Reysovie avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birinchi taqdimot qatnovi 15-may kuni ishchi guruh uchun amalga oshiriladi. Unda vazirlik, idoralar va OAV vakillari hamda sayyohlik firma direktorlari uchun bo‘ladi.

TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida Toshkent-Xo‘jand — Toshkent yo‘nalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovi ochilmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri. 

Birinchi taqdimot qatnovi 15-may kuni ishchi guruh uchun amalga oshiriladi. Unda vazirlik va idoralar, OAV vakillari va sayyohlik firma direktorlari bo‘ladi.

Gruzovie furi na territorii terminala - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida tashqi savdo ikki baravarga ko‘paydi

Kelgusida avtobuslar yil davomida muntazam ravishda — "Toshkent avtovokzal" va "Xo‘jand" avtovokzali o‘rtasida amalga oshiriladi. Har bir tomondar kuniga uchta reys amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Toshkent-Xo‘jand yo‘nalishida avtobus chipta narxi 50 ming so‘m bo‘ladi. Qaytishda esa 50 somoniy bo‘ladi. O‘zbekiston hududida chiptalar so‘mga, Tojikistonda esa somoniyga sotiladi.

Avtobus va yo‘lovchilar "Oybek" (O‘zbekiston) va "Fotexobod" (Tojikiston) nazoratdan o‘tish joylari orqali amalga oshiriladi. Avtobus va yo‘lovchilar, ularning yuklari bojxona va chegara nazoratidan navbatdan tashqari amalga oshiriladi, bu o‘z navbatida bu jarayonda ancha yengillik va qulayliklar yaratadi.

Texnik to‘xtashlar va yo‘lovchilarni joylashtirish Toshkentda, Nurafshon, Buka, "Oybek" NO‘J, "Fotexobod" NO‘J, Bo‘ston va Xo‘jandda amalga oshiriladi.

Respublika bu yilda 4 ta (Termez — Dushanbe, Toshkent — Xo‘jand, Farg‘ona — Xo‘jand, Samarqand — Penjikent) avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirimoqda.

Yangiliklar lentasi
0