O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida tashqi savdo ikki baravarga ko‘paydi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy, STF / Mediabankka o‘tishGruzovie furi na territorii terminala
Gruzovie furi na territorii terminala - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondan Tojikistonga import qilinayotgan tovarlar ro‘yxatida asosan oziq-ovqat mahsulotlari va avtoulovlar o‘rin olgan.

TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida tashqi savdo ko‘rsatkichi shu yil birinchi choragida 2017-yil shu davriga nisbatan 1,8 baravarga ko‘paydi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, shu yil birinchi choragida ikki davlat o‘rtasida tashqi savdo hajmi 41,5 million dollarga yetgan.

Tojikiston asosan O‘zbekistonga xom ashyo eksport qilib, O‘zbekistondan tayyor mahsulotlarni import qilmoqda. Eksport qilinayotgan tovarlar ro‘yxatiga sement va kvars qumi o‘rin olgan.

O‘zbekistondan Tojikistonga import qilinayotgan tovarlar ro‘yxatiga asosan oziq-ovqat mahsulotlari va avtoulovlar kirdi.

Bundan avval O‘zbekiston banklari Tojikistonda mahalliy korxonalari eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sal kam 100 million dollar mablag‘ ajratilishi ma’lum qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0