Parijda terrorchi besh kishiga pichoq bilan hamla qildi

© Sputnik / Irina Kalashnikova / Mediabankka o‘tishAksiya protesta profsoyuzov v Parije
Aksiya protesta profsoyuzov v Parije - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parijda ID terrorchisi hujumi oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi 4 kishi jarohatlandi.

TOShKENT, 13-may – Sputnik. Shanba oqshomi soat 9 ga yaqin Parij markaziy ko‘chalaridan birida yosh yigit pichoq bilan odamlarga hujum qildi, deb xabar qilmoqda Figaro gazetasi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, hujum vaqtida u “Ollohu akbar” deb baqirgan. Voqea sodir bo‘lganidan keyin esa, qisqa vaqt ichida, Rossiyada ta’qiqlangan “Islomiy davlat” terrorchi tashkiloti ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yiniga oldi.

Yetib kelgan politsiyachilar terrorchini zararsizlantirishga harakat qilishgan, lekin qo‘lga olish vaqti u og‘ir yaralanib vafot etgan.

Parij, Fransiya - Sputnik O‘zbekiston
Parijda sodir bo‘lgan teraktda kamida 153 kishi qurbon bo‘ldi

Politsiya xabariga ko‘ra, Opera teatri yaqindagi teraktni 1997 tug‘ilgan, oldin sudlanmagan Fransiya fuqarosi amalga oshirgan. Yosh yigit asli Chechenistonda tug‘ilgan, keyinchalik oilasi bilan Yevropa Ittifoqi hududiga ko‘chib o‘tgan. Ayni damda terrorchining ota-onasi politsiya nazorati ostiga olingan.

Terrorchilik oqibatida 29 yoshli o‘tkinchi vafot etgan. 34 yoshli erkak va 54 yoshli ayol og‘ir yaralangan. Yana bir 26 yoshli ayol va 31 yoshli erkak ham yaralangan, lekin jarohatlar ularning hayotiga xavf soladigan darajada emas.

Fransiya nashri xabariga ko‘ra, 2015-yildan buyon terrorchilik oqibatida 245 nafar Fransiya fuqarosi qurbon bo‘lgan. “Islomiy davlat” terrorchilik tashqiloti ushbu hujumlarni Fransiyaning suriya va Iroq hududidagi AQSh boshchiligidagi koalitsiya tarkibida terrorchilargi qarshi kurash olib borayotganiga “qasos” sifatida amalga oshirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0