Parijda sodir bo‘lgan teraktda kamida 153 kishi qurbon bo‘ldi

© Sputnik / Pavel Pasechnik / Mediabankka o‘tishParij, Fransiya
Parij, Fransiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiya poytaxtining bir necha joyida sodir bo‘lgan otishma va portlashlar oqibatida kamida 153 kishi halok bo‘ldi.

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Parijda sodir bo‘lgan terakt qurboglari soni oshdi. Oldinroq biz qurbonlar soni 30 kishi, keyinroq 60 kishi deb xabar bergan edik. Oxirgi olingan ma’lumotlarga qaraganda, Fransiya poytaxtining bir necha joyida sodir bo‘lgan otishma va portlashlar oqibatida 153 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Parij restoranlaridan birida notanish kishilar avtomatdan otishma uyushtirishi oqibatida o‘nga yaqin kishi qurbon bo‘ldi.

Yana politsiya Parijning "Bataklan" teatrida ham 100 ga yaqin kishini garovga olinganligini xabar bermoqda. Undan tashqari Parij shahar chetida joylashgan Stade de France stadioni yaqinida ham portlashlar yuz berdi. Aytishlariga qaraganda u yerda 2-3 ta qo‘l granatasi portlatilgan.

Shu paytda stadionda Fransiya – Germaniya o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tayotgan edi va ushbu uchrashuvni tomosha qilishga Fransiya prezidenti Fransua Olland hamda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari Loran Fabius va Frank-Valter Shtaynmayer ham kelgan edi.

Portlash sodir bo‘lganidan keyin xavfsizlik xizmati rasmiylarni tezkor ravishda stadiondan evakuatsiya qildi.

Yangiliklar lentasi
0