Mehribonlik uylari o‘rtasidagi JChda O‘zbekiston jamoasi chorak finalga chiqdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonliklar Pokiston bilan 0:0 hisobida durang o‘ynashdi, Rossiyani esa 2:0 hisobida mag‘lub etib guruhdan chiqishga muvaffaq bo‘lishdi.

TOShKENT, 12-may — Sputnik. Moskva shahrida futbol bo‘yicha Mehribonlik uylari o‘rtasida boshlangan Jahon chempionatida ilk bor qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichidan chiqishga erishdi. Bu haqda championat.asia xabar bermoqda.

Sbornaya Uzbekistana na turnire Budushee zavisit ot tebya - Sputnik O‘zbekiston
Ota-onasiz bolalar o‘rtasidagi JChda O‘zbekiston jamoasi Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

O‘zbekiston terma jamoasi qur’aga ko‘ra Rossiya va Pokiston terma jamoalari bilan birga "A" guruhidan joy olgandi. O‘zbekistonliklar Pokiston bilan 0:0 hisobida durang o‘ynashdi, Rossiyani esa 2:0 hisobida mag‘lub etib guruhdan chiqishga muvaffaq bo‘lishdi.

O‘zbekistonning chorak finaldagi raqibi ertaga ma’lum bo‘ladi. Bu yoki Belarus, yoki Misr terma jamoasi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa 11-maydan 16-maygacha Moskvadagi "Sapsan-Arena" stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda 21 mamlakatning 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlaridan iborat 24 jamoa ishtirok etadi.

Guruh bosqichi o‘yinlari 12,13,14 may kunlari, yarim final va final o‘yinlari 16-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0