TOShKENT, 11-may — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov juma kuni Checheniston Hukumatining mamlakat rahbari vakolatini ikkidan uch muddatga uzaytirish to‘g‘risidagi taklifiga izoh berdi, deb xabar qildi "Kommersant’" nashri.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, bu konstitutsion masala va prezident uni ko‘rib chiqmayapti. Shuningdek, u Putin bu masala bo‘yicha ko‘p marotaba o‘z pozitsiyasini bildirganligini ma’lum qilgan.
Putinning vakolatlarini 2030-yilga qadar uzaytirish taklifi bilan bir kun oldin Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov chiqqan edi. Respublika parlamenti Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga tegishli tuzatishlarni kiritish taklifini bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, Moskvada may oyida prezident Vladimir Putinning inauguratsiyasi jarayoni bo‘lib o‘tdi. Putin mart oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda 76,69% natija bilan g‘olib bo‘lgan edi.