TOShKENT, 7-may — Sputnik. Rossiya prezidenti lavozimiga saylangan Vladimir Putin Katta Kreml saroyidagi inauguratsiya marosimida qasamod keltirdi.
Putin o‘ng qo‘lini Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga qo‘yib, qasamod matnini qaytardi.
Qasamoddan so‘ng Vladimir Putin nutq so‘zladi.
Uning ta’kidlashicha, "xalq va Rossiya oldidagi juda katta mas’uliyatini tushunadi" va "mamlakat kelajagi tinch hamda farovon bo‘lishi uchun barcha ishni" qiladi.
Prezident "insonlar va Vatanga xizmat qilishni" o‘z hayoti maqsadi deb atagan. Uning qayd etishicha, "Rossiya qudratli bo‘ladi, odamlar esa yaxshiroq yashay boshlaydi".
Davlatning asosiy istiqbolli vazifalari — ta’lim, sog‘liqni saqlash, ona va bolalarni himoya qilish deb hisoblashini alohida ta’kidlab o‘tadi.
Prezident rossiyaliklarga saylovlarda uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashganligi uchun minnatdorlik bildirdi.
Marosimga besh mingdan ortiq mehmonlar tashrif buyurdi. Unda hukumat a’zolari, Duma va Federatsiya Kengashi deputatlari, prezident ma’muriyati rahbatlari, Konstitutsiya sudyalari, diplomatik korpus, sport va shou-biznes yulduzlari ishtirok etdi.
Qasamoddan so‘ng davlat rahbari Kremldagi maydonda Prezident polki paradini qabul qildi.