TOShKENT, 11-may — Sputnik. Turkiyadagi Efes-2018 xalqaro harbiy mashg‘ulotlarida O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etmoqda, deb xabar berdi Sputnik Braziliya.
Izmirdagi Do‘g‘onbey poligonida o‘tkazilgan mashqlarni Turkiya va Ozarbayjon mudofaa vazirlari, O‘zbekiston, Gruziya, Qozog‘iston, Sudan, Bosniya va Gersegovina, Kuvayt, Nigeriya, Qatar, Ruminiya bosh shtablari boshliqlari, Islom davlatlari antiterroristik koalitsiyasi qo‘shinlari bosh qo‘mondoni Raxil Sharif, jami 38 mamlakatning 65 vakili kuzatib borgan.
Xabar qilinishicha, mashg‘ulotlarga 7500 kishi, jumladan, AQSh, Ozarbayjon, Bangladesh, Bahrayn, Buyuk Britaniya, Bosniya va Gersegovina, Jazoir, Gruziya, Italiya, Iordaniya, Qozog‘iston, Kosovo, Kuvayt, Vengriya, Makedoniya, Malayziya, Mongoliya, O‘zbekiston, Pokiston, Ruminiya, Slovakiya, Saudiya Arabistoni, Iordaniyadan 945 nafar harbiy jalb etilgan.
Avvalroq MDH davlatlari birlashgan havo hujumidan mudofaa tizimi doirasidagi qo‘shma mashg‘ulotlarda O‘zbekiston ham ishtirok etishi xabar qilingandi.