Mirziyoyev mamlakatdagi barcha harbiy poligonlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha topshiriq berdi

© Press slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev posetil poligon "Forish"
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil poligon Forish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev "Forish" tog‘-dala poligonini borib ko‘rdi

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni "Forish" tog‘-dala poligonini borib ko‘rdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni harbiy xizmatchilarning yashashi, jangovar o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Panoramali elektron o‘q otish trenajori, askarlar yotoqxonasi, mashq va saf maydonchalarini ko‘zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev bu yerni namunaviy poligonga aylantirish, yangi konsepsiya ishlab chiqib, mamlakatdagi barcha harbiy poligonlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Voyennoslujashie obuchayutsya v Inxa - Sputnik O‘zbekiston
Harbiy xizmatchilar Inha universitetida malaka oshirmoqda

"Poligonlar harbiy xizmatchilarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish bilan birga g‘oyaga xizmat qilishi zarur. Bu yer iftixor, g‘urur, kuch, bilim maskani bo‘lishi kerak", dedi O‘zbekiston rahbari.

"Forish" poligoni maydoni tekislik, murakkab tog‘ va qoyalardan iborat. Bu yerda o‘tkazilayotgan tayyorgarlik mashg‘ulotlari batalon taktik guruhlarning tog‘ va cho‘l hududlarida, favqulodda o‘zgaruvchan vaziyatlarda, har qanday ob-havo sharoitida topshiriqlarni to‘la bajarishga o‘rgatadi. Jangovar harakatlarni tashkillashtirish va taktik harakatlanish ko‘nikmalarini hosil qiladi.

Prezident tashrifi chog‘ida 25 xil o‘quv-mashg‘ulot mashqlari namoyish etildi.

Shavkat Mirziyoyev respublikada ishlab chiqarilayotgan harbiy anjomlar va askarlarning safar taomlarini ham ko‘zdan kechirdi.

Yangiliklar lentasi
0