Domodedovo bojxonachilari o‘zbekistonlik qizdan million rubllik taqinchoqlarni olib qo‘ydi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy aeroport "Domodedovo"
Mejdunarodniy aeroport Domodedovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qiz bu taqinchoqlarni unga bir yigit sovg‘a qilganini aytdi

TOShKENT, 11-may — Sputnik. Domodedovo bojxonasi xodimlari Dubaydan uchib kelgan 24 yoshli o‘zbekistonlik qizdan qiymati bir million rubldan ortiq turuvchi zargarlik buyumlarini musodara qildi. Bu haqda Domodedovo bojxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
Bojxona O‘zbekistonda yil davomida qancha tilla to‘xtatib qolingani haqida axborot berdi

Qiz yashil yo‘lakda to‘xtatilgan. Uning qo‘l yuki ichida Cartier uzugi va bilaguzugi hamda sirg‘alar bo‘lgan.

"O‘zbekiston fuqarosi bu taqinchoqlarni unga dam olayotib tanishib qolgan bir yigit sovg‘a qilganini bildirdi. Uning aytishicha, taqinchoqlarning narxini bilmaydi, ularning hujjati ham yo‘q bo‘lgan", — deyiladi xabarda.

Ekspertlarning aniqlashlaricha, zargarlik buyumlari 750-probali oq oltindan tayyorlangan bo‘lib, brilliantlar o‘rnatilgan. Ularning qiymati ichki bozorda bir million 71 ming rublni tashkil etadi.

Taqinchoqlar musodara qilindi, qizga buyumlarni deklaratsiyadan o‘tkazmaganligi uchun katta miqdorda jarima solinadi.

Yangiliklar lentasi
0