Vazirlar Mahkamasi majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha qaror qabul qildi

© StringerV proshlom godu v stolitse vo vremya xashara pered Navruzom sobrali poradka vosmi tisach tonn otxodov.
V proshlom godu v stolitse vo vremya xashara pered Navruzom sobrali poradka vosmi tisach tonn otxodov. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqarolarni, xususan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasi, boshqa budjet tashkilotlari xodimlarini, talabalar va ta’lim muassasalari o‘quvchilarini majburiy jamoat ishlariga bevosita yoki bilvosita jalb qilgan mansabdor shaxslarga nisbatan qat’iy intizomiy choralar qo‘llaniladi.

TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan "O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" qaror qabul qilindi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Qarorda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlari, barcha darajalardagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlariga fuqarolarni, jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalari, boshqa budjet tashkilotlari xodimlarini, ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalarni majburiy mehnatga, shu jumladan tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari, metall chiqindilari va makulatura yig‘ish, shuningdek, boshqa turdagi mavsumiy ishlarga jalb qilish holatlarining zudlik bilan oldini olish va bunga chek qo‘yish belgilab berildi.

Fuqarolarni, xususan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasi, boshqa budjet tashkilotlari xodimlarini, talabalar va ta’lim muassasalari o‘quvchilarini majburiy jamoat ishlariga bevosita yoki bilvosita jalb qilgan mansabdor shaxslarga nisbatan qat’iy intizomiy choralar qo‘llaniladi.

Ulugbek Inoyatov - Ministr Narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Inoyatov: Samarqandda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga chiqarish bo‘yicha rasmiy hujjat bo‘lmagan

Avtomobil yo‘llari, harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalar, suv obyektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, insonlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan hasharlar va boshqa ishlarni o‘tkazish taqiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash va respublika hududida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish, bu boradagi tekshiruvlar samaradorligini oshirish va majburiy mehnat holatlari aniqlanganda esa aybdor shaxslarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini qo‘llash topshirildi.

Hujjatga ko‘ra, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash, biron-bir shakldagi majburiy mehnatdan foydalanish holatlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha qonunchilik normalari amalga oshirilishini nazorat qilish choralarini kuchaytiradi.

Vrach skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahar hokimligi vrachlar majburan ko‘cha tozalashga chiqarilmaganini bildirdi

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi hamda O‘zbekiston fermer, dehkon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda davlat organlari, shu jumladan, mahalliy davlat organlarining, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi ishlari qizg‘in davrda xodimlarning huquqlari hamda manfaatlariga rioya etilishi bo‘yicha faoliyati yuzasidan tizimli monitoring olib boradi.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi jamoa shartnomasi va mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, xususan, majburiy mehnatdan foydalanishning oldini olish borasida tashkilotlardagi kasaba uyushmalari boshlang‘ich bo‘g‘inlarining javobgarlik choralarini kuchaytiradi.

Shuningdek, majburiy mehnat holatlari aniqlangan taqdirda ular to‘g‘risida prokuratura organlariga hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalariga zudlik bilan ma’lum qiladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda fuqarolarni majburiy jamoat ishlariga noqonuniy jalb qilish yoki har qanday shakldagi majburiy mehnatdan foydalanishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini kuchaytiradi.

Yangiliklar lentasi
0