Toshkent shahar hokimligi vrachlar majburan ko‘cha tozalashga chiqarilmaganini bildirdi

CC0 / pixabay / Vrach skoroy pomoshi
Vrach skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lum qilinishicha, oilaviy poliklinika hududini tozalash ishlarida faqat kichik va o‘rta tibbiy xodimlar, xo‘jalik ishlarini yurituvchi xodimlar jalb qilinadi va ular o‘z maxsus kiyimlarida tozalash ishlariga qatnashishlari mumkin

TOShKENT, 13 apr – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati keyingi paytda ayrim xorijiy nashrlar, internet saytlari poytaxtda hamshira va vrachlar majburan tozalik ishlariga jalb qilinayotganligi to‘g‘risida maqolalar chop etayotganini bildirdi hamda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 8-oilaviy poliklinika vrachlari haqidagi maqolaga raddiya berdi.

Xashar v perevode s arabskogo yazika oznachayet sovmestniy trud, blagotvoritelnost. V sovremennom Uzbekistane xashar oznachayet to je, chto subbotnik — bezvozmezdnaya uborka territorii silami grajdan. - Sputnik O‘zbekiston
Diana Yenikeyeva: majburiy mehnat qurbonimi yoki vijdonli inson namunasi!?

Ma’lum qilinishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 8-son oilaviy poliklinikasi xodimlari ham tuman aholisi singari umumxalq hasharlarida, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashib, doimo o‘z hissalarini qo‘shib keladilar. Xodimlar poliklinika hududlarini tozalash ishlarini faqat shanba kunlari, ya’ni "ozodalik kuni"da ishdan tashqari vaqtda bajaradilar.

Oilaviy poliklinika ikkinchi umumiy amaliyot bo‘limi mudiri Gulchehra Saidovaning aytishicha, oilaviy poliklinika hududini tozalash ishlarida faqat kichik va o‘rta tibbiy xodimlar, xo‘jalik ishlarini yurituvchi xodimlar jalb qilinadi va ular o‘z maxsus kiyimlarida tozalash ishlariga qatnashishlari mumkin. Shifokorlar obodonlashtirish va tozalash ishlariga jalb qilinmaydilar. Qolaversa hech qanday majburlashlar yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0