TOShKENT, 10-may — Sputnik. Bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:08da Afg‘oniston hududida zilzila kuzatildi. Bu haqda O‘zbekiston FVV respublika seysmoprognoz monitoring markazi xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, zilzila kuchi 6 ballga teng bo‘lib, zilzila o‘chog‘i 200 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Yer silkinishi kuchi Toshkent, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Qarshida 3 ballni, Termizda 4 ballni tashkil etgan.
Jabrlanganlar va vayronagarliklar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududida 9-may kuni ham soat 15:44da kuchi 3 ballga teng yer qimirlashi sezilgandi.