O‘zbekiston hududida yer qimirladi

© Getty ImagesSeysmograf. Zemletrasenie
Seysmograf. Zemletrasenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zilzila kuchi respublika hududida 3 ballni tashkil etgan

TOShKENT, 9-may — Sputnik. Bugun Toshkent vaqti bilan 15:43da O‘zbekiston hududida yer silkinishi kuzatildi. Sputnik muxbirining xabar berishicha, zilzila kuchi respublika hududida 3 ballni tashkil etgan.

O‘zbekiston FVV 4-may kuni soat 22:13da O‘zbekiston hududida yer silkinishi qayd etilganini, zilzila markazi Toshkent shahridan 143 km uzoqlikda g‘arbiy yo‘nalishda Tojikiston Respublikasi hududida ekanligi ma’lum qilgandi.

Xabar qilinishicha, zilzila magnitudasi markazda 4,3 ballni, Gulistonda 3 ballni tashkil etgan.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmagan.

Yangiliklar lentasi
0