Shomahmudovlar oilasiga qo‘yilgan yodgorlik tarixiy joyiga to‘ldirilib qaytarildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPamatnik semye Shamaxmudova vernulsya na istoricheskoe mesto
Pamatnik semye Shamaxmudova vernulsya na istoricheskoe mesto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haqiqiy insonparvarlik timsoli bo‘lib qolgan oila sharafiga qo‘yilgan yodgorlik majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 9-may — Sputnik. Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek xalqiga xos insonparvarlik fazilatini namoyon etgan va turli millatga mansub 14 nafar bolakaylarni asrab olgan toshkentlik temirchi — Shoahmad Shomahmudovlar oilasi sharafiga qo‘yilgan yodgorlik majmuasi o‘zining tarixiy joyiga — Toshkent shahri markaziga qaytarildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOtrestavrirovannaya ploshad "Drujba Narodov"
Otrestavrirovannaya ploshad Drujba Narodov - Sputnik O‘zbekiston
Otrestavrirovannaya ploshad "Drujba Narodov"

Xalqaro press-klub rahbari Sherzod Qudratxo‘jayevga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti tomonidan Xalqlar Do‘stligi majmuasiga o‘zining tarixiy nomini qaytarish va bu yerda Shomahmudovlar yodgorlik majmuasini qayta tiklash topshirig‘i berilgach, ushbu vazifa 12 kun ichida bajarilgan.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovJiteli Tashkenta gulyayut okolo pamatnika semye Shamoxmudovim
Jiteli Tashkenta gulyayut okolo pamatnika semye Shamoxmudovim - Sputnik O‘zbekiston
Jiteli Tashkenta gulyayut okolo pamatnika semye Shamoxmudovim

Xalqlar Do‘stligi maydonida amalga oshirilgan qayta obodonlashtirish ishlarida har kuni 1200 dan ortiq kishi qatnashgan.

Hozirda maydon tamomila yangicha ko‘rinishga kelgan. Yangi favvoralar qurilib, ishga tushirilgan. Chiroqlar o‘rnatilgan.

Pamatnik semye Shamaxmudovix - Sputnik O‘zbekiston
Shomahmudovlar oilasidan kimlar hayot? Mashhur xonadondan reportaj

Shuningdek, Shomahmudovlar yodgorlik majmuasiga qo‘shimcha sayqal berilgan. Yodgorlik majmuasiga temirchi ustaning yo‘qolib qolgan bolg‘a va sandoni namunasi yasatilib qayta qo‘shilgan. Shuningdek temirchining oilasida o‘sha vaqtda ishlatigan gilamning yo‘qolib ketgan parchalari ham bronzadan yasalib yodgorlik poyiga to‘shalgan.

O‘zbekiston prezidenti 9-may bayrami tadbirida so‘zlagan nutqida nima uchun Shomahmudovlar oilasiga qo‘yilgan yodgorlik o‘zining tarixiy joyiga qaytarilganligi borasida ham to‘xtalib o‘tdi.

"Keyingi paytda jamoatchiligimiz tomonidan bildirilgan ko‘plab murojaatlarni hisobga olib, biz Shoahmad Shomahmudov oilasiga qo‘yilgan haykalni Toshkent shahri markazidagi avvalgi joyiga qaytarishga qaror qildik", — dedi prezident.

Shuningdek, ushbu yodgorlik yonida joylashgan markaziy ko‘chalardan biriga Shoahmad Shomahmudov nomi berildi. Shuningdek, haykal o‘rnatilgan maydon, shu hududdagi metro stansiyasi, san’at saroyining "Xalqlar do‘stligi" degan avvalgi nomi qayta tiklandi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStansiya metro "Drujbi narodov"
Stansiya metro Drujbi narodov - Sputnik O‘zbekiston
Stansiya metro "Drujbi narodov"

"Albatta, bunday qaror chuqur asosga ega. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari do‘stlik, o‘zaro hurmat muhitida tinch-totuv yashamoqda. Ishonchim komil, O‘zbekiston poytaxti markazida qayta tiklangan majmua azaldan xalqimizga xos bo‘lgan, tobora mustahkamlanib borayotgan bag‘rikenglik va hamjihatlik, saxovat va olijanoblik fazilatlarining yorqin timsoli bo‘lib qoladi", — deya ishonch bildirdi Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0