Rossiyada ishlashni istaganlar O‘zbekistonda kompleks imtihon topshiradi

© Sputnik / Aleksandr Pogotov / Mediabankka o‘tishMigranti vo vremya ekzamenatsionnogo testirovaniya
Migranti vo vremya ekzamenatsionnogo testirovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihon o‘tkazishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

TOShKENT, 9-may — Sputnik. Rossiyada vaqtinchalik ishlashni rejalashtirgan fuqarolar uchun kompleks imtihon bosh vakolatli oliy ta’lim muassasalari tomonidan Kompleks imtihon o‘tkazish markazlarida tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi Telegram kanalida xabar berildi.

Xabarga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihon o‘tkazishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Poluchit patent v Mnogofunksionalnom Migratsionnom Sentre Moskvi v Saxarovo (russkiy yazik) - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya migrantlar uchun patent olishni soddalashtirdi

Aytilishicha, Kompleks imtihon o‘tkazish markazi tomonidan imtihon topshirish uchun hujjatlarni qabul qilish boshlanganligi haqida ommaviy axborot vositalari va Markazning rasmiy veb-saytida e’lon beriladi.

E’londa imtihonda ishtirok etishni istagan shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati, ularni qabul qilish muddatlari, shuningdek Markazning manzili va murojaat uchun telefon raqamlari ko‘rsatiladi.

Qabul qilingan hujjatlar asosida Markaz direktori tomonidan imtihon o‘tkazish kuni va vaqti belgilanadi.

Imtihon o‘tkaziladigan kundan kamida uch kun oldin talabgorga kompleks imtihon o‘tkazilish kuni va vaqti haqida habar beriladi.

Joriy yilda O‘zbekiston Rossiyaga 50 mingdan ortiq mehnat migrantlarini yuborishni rejalashtirgan. Ikkinchi yarim yillikda rekruting faoliyati to‘g‘risida qonun qabul qilinadi. Bu jarayonga xususiy kompaniyalarni jalb qilish natijasida migrantlarni markazlashgan holda jamlashni sezilarli darajada kengaytiradi.

Yangiliklar lentasi
0