O‘zbekiston va Rossiya migrantlar uchun patent olishni soddalashtirdi

Obuna bo‘lish
Bundan avval mehnat migrantlari rus tili bo‘yicha imtihonni va sug‘urta to‘lovlarini bevosita Rossiyada amalga oshirish kerak bo‘lgan. Endi bularni hammasini O‘zbekistonda amalga oshirish mumkin.

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyada mehnat migrantlariga patent rasmiylashtirish jarayonida kerakli bo‘lgan rus tili bo‘yicha sertifikat olish va sug‘urta to‘lovi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarni hal qildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

"Biz bu boshqichda patent olishda kerak bo‘lgan rus tili bo‘yicha sertifikatni olish muammosini hal qilishga qaror qildik. Hozir bu jarayon ishga tushirilib, biz bu sertifikatlarni o‘zimiz bera olamiz. Shuningdek, biz Rossiyaga kelish va patent olish uchun zarur bo‘lgan sug‘urta masalasini ham hal qildik", — deb ta’kidladi Sputnik tahririyatiga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili.

Hozirgi vaqtda yana bir muhim masala — O‘zbekistonda berilgan tibbiy hujjatlarni Rossiyada amal qilishini ta’minlash masalasini hal qilish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Inostrannie rabochie - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik mehnat migrantlari Voronejda ishlashlari uchun shartnoma tuzildi

"Buning uchun Rossiya tomonidan bildirilgan bir nechta talablarni bajarish kerak. Bu oddiy jarayon emas. Agar O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi buni amalga oshira olsa, o‘ylaymanki, yaqin vaqtlarda bu masalani ham hal qila olamiz", — dedi suhbatdosh.
Bundan tashqari, respublika bo‘ylab mehnat migrantlari uchun rus, ingliz, nemis, koreys tillarini o‘rganish hamda kerakli bo‘lgan kasblar (payvandlovchi, quruvchi) bo‘yicha bepul o‘quv kurslar ochilmoqda.

Agentlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda bu o‘quv kurslar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagilar uchun bepul tashkil qilingan.

Shuningdek, bu yerda rag‘batlantirish tizimi ham bor, agar ikki oylik o‘quv kursi yakunida o‘quvchi yaxshi natijalarni ko‘rsatsa, u uchinchi oyga ham qoladi.

"Umuman olganda o‘qish muddati boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalariga bog‘liq. O‘quv mashg‘ulotlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan kollejlarda amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda ularning soni 16 tani tashkil qiladi. Deyarli har bir viloyatda ikkitadan bunday kollejlar bor. Bu istak bildirgan barcha o‘zbekistonliklarga sifatli ta’lim olish imkoniyatini beradi", — dedi suhbatdosh.

Shu yilda O‘zbekiston Rossiyaga 50 mingdan ortiq mehnat migrantlarini yuborishni rejalashtirgan. Ikkinchi yarim yillikda rekruting faoliyati to‘g‘risida qonun qabul qilinadi. Bu jarayonga xususiy kompaniyalarni jalb qilish natijasida migrantlarni markazlashgan holda yig‘ish vazifalarini sezilarli darajada kengaytiradi.

Yangiliklar lentasi
0