"Ezidiyor" to‘yxonasi o‘z joyini "Tashkent City"ga bo‘shatib beradi

Obuna bo‘lish
Toshkentdagi "Ezidiyor" to‘yxonasining buzilishi "Tashkent City" xalqaro savdo markazi qurilishi bilan bog‘liq.

TOShKENT, 8-may — Sputnik. Toshkentdagi "Ezidiyor" to‘yxonasi buziladi. Bu haqda Shayxontohur tumani hokimi ma’lum qildi. Uznews.uz. xabariga asosan.

Shavkat Mirziyoyev i Djaxongir Artikxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Mashhur ishbilarmon Jahongir Artikxodjayev Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlandi

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, "Ezidiyor" to‘yxonasi buziladi. Uning atrofidagi binolar ham tez orada buzilishi kutilmoqda. Ushbu obyektlardagi tadbirkor o‘zlariga boshqa yer tanlab ulgurmaganlar. Tuman rahbari tarbirkorlarga boshqa hududlardan joy ko‘rsatilganini aytdi.

"Tashkent City" obyektidagi O‘qchi mahallasidan yangi uyga ko‘chirilmagan 20 ta xonadon qolgan. Aholi mart oyi so‘nggi kunlarida gaz taminotidan uzib qo‘yilgan.

Shayxontohur tumani hokimi Bahodir G‘oyibnazarov so‘zlariga ko‘ra, aholi Yashnobod va Olmazor tumanidagi uylarga ko‘chirib kelinmoqda.

Toshkent markazida xalqaro savdo markazi barpo etiladi. Loyihaning umumiy qiymati milliard dollardan ortiq. Bu yerda texnopark, bir nechta biznes-markazlari, savdo majmuasi, restoranlar hamda madaniy markaz quriladi.

Bu zamonaviy xalqaro savdo markazini barpo etish g‘oyasini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylov oldi kampaniyasida ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0