Rossiya AQShga yadroviy zarba bersa 98 million amerikaliklar halok bo‘lishi aytildi

© Fotolia / Romolo TavaniYaderniy vzriv
Yaderniy vzriv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikalik tadqiqotchi Metyu Kroyenigning so‘zlariga ko‘ra, birinchi zarbadan keyin Moskva 131ta Amerika shaharlarini yo‘q qilib yuboradi, bu esa 70 million nafar qurbonlarga olib keladi

TOShKENT, 8-may — Sputnik. Jorjtaun universiteti professori Metyu Kroyenig o‘zining "Amerikacha strategiya mantig‘i: nima uchun strategik ustunlik muhim" deb nomlangan kitobida Rossiyaning AQSh bo‘ylab beradigan ikkita keng ko‘lamli yadroviy zarbalari oqibatlarini prognozlashtirib chiqdi. Bu haqda National Interestga tayangan holda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin: AQSh plutoniyni yo‘q qilish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmayapti
Tadqiqotchining so‘zlariga ko‘ra, birinchi zarbadan keyin Moskva 131ta Amerika shaharlarini yo‘q qilib yuboradi, bu esa 70 million nafar qurbonlarga olib keladi.

Olim ta’kidiga ko‘ra, ushbu raqamlarda Rossiyaning AQSh tomonidan bo‘ladigan javob zarbasini qaytarishi ham hisobga olingan.

Rossiya tomonidan bo‘ladigan ikkinchi zarba, agar Vashington kontrzarba oqibatida uning arsenalini qisman yo‘q qilgan taqdirda, 28 million insonning halokati va 12ta shaharning barbod bo‘lishiga olib keladi.

Professorning fikriga ko‘ra, ushbu yo‘qotishlarning oldini olish uchun, AQSh o‘zining yadroviy arsenalini saqlab qolishi lozim. Agar Vashington mintaqalararo ballistik raketalari arsenalini yo‘q qiladigan taqdirda, Rossiyaning birinchi zarbasidayoq AQShning yo‘qotishlari 82 million kishini tashkil etishi mumkin. Nega deganda, bunda Rossiya amerika ballistik raketalaridan o‘zini himoya qilishiga hojat qolmaydi.

Yangiliklar lentasi
0