TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Venadagi BMT binosi ro‘parasida to‘rt nafar buyuk olimlar — sharq vakillariga haykal o‘rnatildi. Ular Abu Ali ibn Sino (Avitsenna), Umar Hayyom, Abu Rayhon Beruniy va Zakariy ar-Roziylar. Bu haqda BMTning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi xabarlar xizmatida ma’lum qilingan.
Monument sharq uslubida ishlangan.
Tarix davomida ular dunyodagi ilm-fan rivojida muhim rol o‘ynadilar, ulardan ayrimlari turli ilmlarda haqiqiy inqilobni yuzaga keltirdilar, va bu bilan o‘z nomlarini insoniyat tarixida abadiylashtirdilar, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Umar Hayyom — buyuk faylasuf, matematik, falakshunos, shoir sifatida dovruq qozongan.
Ibn Sino — buyuk tabib, shoir, faylasuf, matematik bo‘lgan.
Abu Rayhon Beruniy — olim, matematik, munajjim, falakshunos, munajjim, antropolog, hindshunos va tarixchi sifatida nom qozongan.
Zakariyo ar-Roziy — shifokor, faylasuf va kimogar, alkogol va sulfat kislotasini kashf qilgan olim.