Rossiya TIV "Al-Qoida" va "Islom davlati" daromadlari haqida ma’lumot berdi

© AFP 2023 / ALBARAKA NEWSBoyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL)
Boyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspertning aytishicha, bugungi kunda "ID" daromadlari oyiga taxminan 3 million dollarni tashkil qilmoqda. Butun dunyo bo‘yicha yoyib tashlangan "Al-Qoida" yacheykalarining umumiy daromadi esa 20-40 million dollardir

TOShKENT, 4-may — Sputnik. "Al-Qoida" terrorchilik tashkilotining daromadlari "Islom davlati" uyushmasining daromadlaridan 10-20 barobar ortiq va oyiga taxminan 40 million dollarni tashkil qiladi, deb ta’kidladi jurnalistlarga payshanba kuni Rossiya TIVning yangi chaqiriqlar va tahdidlar masalalari bo‘yicha departament rahbari o‘rinbosari Dmitriy Feoktistov. RIA Novosti xabari asosida.

Flag Sirii - Sputnik O‘zbekiston
ID omborida NATOning eng zamonaviy qurol-yarog‘lari topildi

""Islom davlati" jangarilarining vodorodlarni sotishiga to‘siq qo‘yilgach, bunga albatta, birinchi navbatda, Rossiya Harbiy kosmik kuchlari olib borgan faoliyat tufayli erishildi, ushbu terrorchilik uyushmasining moliyalashtirish kanallari "bo‘g‘ib" qo‘yildi.

Shu bois, hozirda "ID" daromadlari oyiga taxminan 3 million dollarni tashkil qilmoqda. Butun dunyo bo‘yicha yoyib tashlangan "Al-Qoida" yacheykalarining umumiy daromadi esa 20-40 million dollarni tashkil qiladi", — dedi Feoktistov.

Yangiliklar lentasi
0