ID omborida NATOning eng zamonaviy qurol-yarog‘lari topildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishFlag Sirii
Flag Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ombordan NATO mamlakatlari foydalanadigan, AQSh, Belgiya va Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan zamonaviy qurollar topilgan

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Suriya sharqidagi Meyadin shahrida suriyalik harbiylar ishg‘ol qilgan "Islom davlati" terrorchilariga tegishli yirik omborda NATOning eng zamonaviy qurol-yarog‘lari topildi, deb ma’lum qildi Suriya armiyasi generali Hasan Suxayl jurnalistlarga.

Suriya harbiylari Rossiya HKK quvvatlovi ostida ID terrorchilariga qurol-yarog‘ va bronetexnika saqlanadigan yirik omborni qo‘lga kiritishdi. Ombor Suriya sharqidagi Meyadin shahrida joylashgan, deb yozadi RIA Novosti.

Iroq politsiyachilari - Sputnik O‘zbekiston
"ID" jangarilarining 400ga yaqin xotinlari Iroqdagi lagerga tushdi, orasida o‘zbeklar bor

"ID jangarilari qochayotib tashlab ketgan bu qurollarni tashish uchun bizga kamida olti kun kerak bo‘ladi. Bu yerda juda ko‘plab qurollar va turli aloqa vositalari bor", — dedi Suxayl.

Meyadin ombor va ustaxonalardan tashkil topgan logistika markazi bo‘lgan. Shahar ozod qilinganidan so‘ng suriyalik harbiylar o‘qotar va tankka qarshi qurollar, artilleriya moslamalari va snaradlar, qo‘lbola minalar, shuningdek, terrorchilar ilgari egallab olgan Iroq armiyasiga tegishli tank va zirhli mashinalarni qo‘lga kiritishdi.

Suriya harbiylari jurnalistlarga Meyadinda qo‘lga kiritilgan sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlari, radiolokatsiya qurilmalari, tibbiy uskunalar, uchuvchisiz qurilmalar ishlab chiqariladigan sexni ham ko‘rsatishdi. Terrorchilarga tegishli bo‘lgan aslahalarning aksariyati NATOga a’zo davlatlarda foydalaniladigan qurollardan iborat. Xususan Meyadindagi omborda 2011-yilda Britaniyada ishlab chiqarilgan 155 millimetr kalibrli gaubitsa ham topildi.

"Biz NATO mamlakatlari foydalanadigan, AQSh, Belgiya va Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan zamonaviy qurollarni qo‘lga kiritdik",— dedi Suxayl.

Meyadin Dayr-az-Zor ma’muriy markazidan 40 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Yaqin vaqtgacha Meyadin Suriya sharqidagi terrorchilarning mustahkam joylashgan shahri bo‘lib, ID "poytaxti" maqomini olgandi.

Yangiliklar lentasi
0