Qovurilgan go‘sht, quyruq va chakki – Rossiyaga nimalar olib kirish taqiqlangan

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishProdaja tvoroga
Prodaja tvoroga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Irkutsk aeroportida Rossiya Qishloq xo‘jalik nazorati xizmati tomonidan 10 kgdan ortiq go‘sht va yog‘ mahsulotlari yo‘q qilindi.

TOShKENT,  3 may – Sputnik. O‘tgan haftada Irkutsk xalqaro aeroportida 14 kg hajmda qurutilgan mevalar hamda yong‘oq mahsulotlari aniqlanib, yo‘q qilindi, deb xabar qilmoqda Rossiya Qishloq xo‘jalik nazorati xizmati.

Irkutsk viloyati va Buratiya o‘lkasi bo‘yicha Rosselxoznadzor xabariga ko‘ra, ushbu mahsulotlar qonunda belgilangan hujjatlari bo‘lmagani tufayli yo‘q qilingan.

Kak v Rossii unichtojayut sanksionnie produkti - Sputnik O‘zbekiston
Xabarovsk aeroportida 440 kg O‘zbekiston mevalari yo‘q qilindi

Undan tashqari o‘tgan haftada Rostov-na-Donu shahri aeroportida Rosselxoznadzor  inspektorlari O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan yo‘lovchilar qo‘l yuklarida 10 kgdan ortiq qovurilgan go‘sht, quyruq, chakki va sariyog‘ mahsulotlarini aniqlashgan. Ushbu mahsulotlar ham belgilangan hujjatlarga ega bo‘lmagani tufayli yo‘q qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya hududiga shaxsiy foydalanish uchun umumiy vazni 5 kilogrammgacha bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari olib kelish mumkin. Go‘sht, sut, pishloq kabi chorvachilik mahsulotlari ham olib kirishga ruxsat berilgan, lekin ushbu mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxona upakovskasida bo‘lishi kerak. Uyda tayyorlangan yoki bozorda sotib olingan, etiketkasi bo‘lmagan mahsulotlar belgilangan tartibdagi sertifikatga ega bo‘lishi kerak.

Shuningdek, dunyoning biror hududida epidemiologik holat yuz bergan vaqtlarda Rosselxoznadzor ushbu hududlardan oziq-ovqat mahsulotlari olib kelishni vaqtincha taqiqlab qo‘yishi mumkin. Rossiyaga olib kirish mumkin bo‘lgan mahsulotlar haqida quyida batafsil ma’lumot olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0