Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi

© Press slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Respubliki Koreya
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Respubliki Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suhbatda O‘zbekiston bilan Koreya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

TOShKENT, 3-may – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Koreya Respublikasining Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Son Yon Gil boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, do‘st Janubiy Koreya rahbariyati va xalqini joriy yil 27-aprel kuni Pxanmundjomda Koreyalararo sammit muvaffaqiyatli o‘tgani bilan yana bir bor tabrikladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev ikki Koreya rahbarlari uchrashuvini tarixiy voqea deb baholadi

Suhbatda O‘zbekiston bilan Koreya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

"Suhbat chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy, innovatsiya va gumanitar, jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Son Yon Gil Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul va tabrik uchun minnatdorlik bildirib, Koreya prezidenti Mun Chje Inning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mehmon Koreya Respublikasi ulkan mintaqaning tinchligi, barqarorligi va izchil taraqqiyoti yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi bilan keng ko‘lamli va ko‘p formatli sheriklikni yanada kengaytirish va mustahkamlashdan manfaatdor ekanini qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0