Mirziyoyev ikki Koreya rahbarlari uchrashuvini tarixiy voqea deb baholadi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya rahbari Mun Chje Inga tabrik maktubi yo‘lladi

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan o‘tkazilgan sammit munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi. Tabrik matni prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

"2018 yilning 27-aprel kuni koreys xalqi solnomasida chin ma’noda tarixiy voqeaga aylangan Pxanmunjomda o‘tkazilgan Koreyalararo sammit muvaffaqiyatli o‘tgani bilan sizni samimiy qutlayman", — deyiladi tabrik maktubida.

Lideri KNDR i Yujnoy Korei Kim Chen In i Mun Chje In - Sputnik O‘zbekiston
KXDR va Janubiy Koreya prezidentlari demarkatsion chiziqda uchrashishdi

Mirziyoyevning bildirishicha, Janubiy Koreya rahbarining qat’iy pozitsiyasi va muntazam sa’y-harakatlari natijasida davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga yo‘naltirilgan sammit muvaffaqiyatli o‘tgan.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston KXDR va Janubiy Koreya hududlarida yadroviy qurolsizlanish jarayonini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. O‘zbekiston prezidenti shuningdek, Mun Chje Inning ikki mamlakat o‘rtasidagi avtomobil va temir yo‘l qatnovlarini tiklash tashabbusini alohida e’tirof etgan.

Tabrik maktubida O‘zbekiston bundan buyon ham koreys xalqining birlashish, umumfarovonlik va taraqqiyot maqsadida Koreya yarimorolida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi faol amaliy qadamlarini qat’iy qo‘llab-quvvatlashi bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, KXDR va Janubiy Koreya rahbarlarining uchrashuvi yakunida to‘liq qurolsizlanish va gumanitar muammolarni hal qilish masalalarini o‘z ichiga olgan qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0