Qozog‘istonda yuk mashinasi va avtobus to‘qnashuvi oqibatida ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

© GU MVD RF po Samarskoy oblastiAvariya s uchastiyem 14 transportnix yedinis na 967 kilometre federalnoy avtodorogi M-5 Ural na territorii goroda Jigulevska Samarskoy oblasti
Avariya s uchastiyem 14 transportnix yedinis na 967 kilometre federalnoy avtodorogi M-5 Ural na territorii goroda Jigulevska Samarskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirliklari O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi bilan birgalikda vafot etganlarning jasadlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 3-may – Sputnik. Qozog‘istonning G‘arbiy-Qozog‘iston viloyati, Akjaik tumani, Lbiyensk qishlog‘i hududidan o‘tuvchi “Uralsk – Atirau” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan YTHda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston IIV Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasiga asoslanib O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Stavropol o‘lkasidagi YTHda to‘rt nafar o‘zbekistonlik qurbon bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, 2-may kuni soat 02:39 larda “MAN” rusumli yuk avtomobili bilan “Setra” rusumli avtobus (avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan) to‘qnashgan. Hodisa oqibatida yuk avtomobili haydovchisi, 1978-yilda tug‘ilgan Olim Nematov (Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, Furqat ko‘chasida yashagan) va avtobus haydovchisi, 1975-yilda tug‘ilgan Farid Gafurov Farid (birlamchi ma’lumotga ko‘ra, Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashagan) halok bo‘lgan.

“O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirliklari birgalikda vafot etgan fuqarolar bo‘yicha ma’lumot ularning yaqin qarindoshlariga  yetkazildi”, — deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirliklari O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi bilan birgalikda vafot etganlarning jasadlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar  rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0