Stavropol o‘lkasidagi YTHda to‘rt nafar o‘zbekistonlik qurbon bo‘ldi

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vaz 2101 avtomobili boshqaruvni yo‘qotish natijasida yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib yuk mashinasiga borib urilgan.

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Stavropol viloyatida sodir bo‘lgan YTHda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarolari qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston FVV axborot xizmati.  

Vazirlik xabariga ko‘ra, 2018 yilning 4-aprel kuni soat 18:39 da Rossiya Federatsiyasi, Izobil shahar okrugining “Stavropol-Novoaleksandrovsk” avtomobil yo‘lida “VAZ-2101” rusumli yengil avtomobil “Isuzu» rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.

YTH oqibatida 4 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari vafot yetgan. VFF ularning ro‘yxatini keltirmoqda:

1.Jumaqulov Shuhrat, 1983 y.t.

2.Tagayev Mirjalol, 1991 y.t.

3.Qarshiyev Muhritdin, 1995 y.t.

4.Yunusov Bahrom, 1988 y.t.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vafot yetgan fuqarolar Jizzax viloyati Zomin tumanidan. Ayni damda ularning jasadlari Izobil shahar okrugining markaziy kasalxonasiga olib borilgan.

Ushbu ma’lumotlar Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar milliy markazi tomonidan tasdiqlangan.

Quo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston FVV tomonidan ochilgan “koll-sentr”ga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilish mumkin: + 998 71 147-1050.  

Yangiliklar lentasi
0