Rossiya eksport markazining Toshkentdagi vakolatxonasi shu oyda ochilishi mumkin

© Sputnik / Stanislav Savin / Mediabankka o‘tishTransportno-logisticheskiy kompleks
Transportno-logisticheskiy kompleks - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda REM O‘zbekistondagi sanoatning turli sohalari bo‘yicha 30ga yaqin loyihani ko‘rib chiqmoqda.

TOShKENT, 2-may — Sputnik. O‘zbekistonda o‘tgan yili ro‘yxatdan o‘tkazilgan Rossiya eksport markazining rasmiy vakolatxonasi yaqin vaqt ichida ochiladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri REMning respublikadagi vakolatxonasi rahbari Dmitriy Proxorenkoga tayanib.

Prokat stali na metallurgicheskom zavode - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Toshkentda metallurgiya zavodi qurilishini moliyalashtiradi

"Hozirda vakolatxonani ochish uchun rahbariyatimizdan kimdir kelishini kutapmiz. Vakolatxona ochilishini taxminan yilning birinchi yarmida, ehtimol mayda amalga oshirishni mo‘ljallayapmiz", — dedi Proxorenko.

Uning aytishicha, ayni vaqtda REM O‘zbekiston bilan munosabatlarni faol rivojlantirmoqda. Markaz respublika bilan qo‘shma loyihalar sonini faqat oshirishni rejalashtirmoqda.

"Bu O‘zbekistonda rivojlanish salohiyatini ko‘rayotganimiz belgisidir, mahalliy vazirliklar va idoralar darajasida o‘zaro aloqalarimiz yaxshi oqimda bormoqda. Bu yerda loyihalar soni o‘sishini anglagan holda vakolatxona ochishga qaror qildik", — dedi Proxorenko.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya eksport markazi O‘zbekiston hukumati bilan atom elektr stansiyasi qurilishi hamda Toshkentda qurilishi rejalashtirilayotgan metallurgiya zavodi uchun 141 million dollar kredit ajratish masalasini muhokama qilmoqda.

Hozirda REM O‘zbekistondagi sanoatning turli sohalari bo‘yicha 30ga yaqin loyihani ko‘rib chiqmoqda. REM bosh direktori Petr Fradkov 2017-yil oktabrda markaz O‘zbekistondagi Rossiya kompaniyalari loyihalarini moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 milliard dollargacha mablag‘ ajratishini ma’lum qilgandi.

Gap Toshkentdagi metallurgiya zavodini moliyalashtirishdan tashqari, Qashqadaryo viloyatida sintetik yoqilg‘i zavodi qurish, Sirdaryo IES va Farhod GESni modernizatsiya qilishda ishtirok etish xususida bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0