Rossiya Toshkentda metallurgiya zavodi qurilishini moliyalashtiradi

© Sputnik / Pervensev / Mediabankka o‘tishProkat stali na metallurgicheskom zavode
Prokat stali na metallurgicheskom zavode - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda "Rossiya eksport markazi" O‘zbekistondagi sanoatning turli sohalari bo‘yicha 30ga yaqin loyihani ko‘rib chiqmoqda

TOShKENT, 25 apr – Sputnik. "Rossiya eksport markazi" AJ (RES) Toshkent janubida yangi metallurgiya zavodi qurilishiga 141 million dollar ajratadi, deb xabar berdi RIA Novosti RESning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Dmitriy Proxorenkoga asoslanib.

"Yaqin vaqt ichida Toshkent metallurgiya zavodi bo‘yicha 141 million dollarlik kredit kelishuvi imzolashni rejalashtirganmiz. Hozirda hujjatlar tayyorlanmoqda", — dedi Proxorenko Toshkentda ochilgan Expo-Russia Uzbekistan 2018 sanoat ko‘rgazmasida.

Almalikskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat - Sputnik O‘zbekiston
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati samaradorligi oshiriladi

Uning aytishicha, hozirda "Rossiya eksport markazi" O‘zbekistondagi sanoatning turli sohalari bo‘yicha 30ga yaqin loyihani ko‘rib chiqmoqda. RES bosh direktori Petr Fradkov 2017-yil oktabrda markaz O‘zbekistondagi Rossiya kompaniyalari loyihalarini moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 milliard dollargacha mablag‘ ajratishini ma’lum qilgandi. Gap Toshkentdagi metallurgiya zavodini moliyalashtirishdan tashqari, jumladan Qashqadaryo viloyatida sintetik yoqilg‘i zavodi qurish, Sirdaryo IES va Farhod GESni modernizatsiya qilishda ishtirok etish xususida bormoqda.

RESning ma’lumotiga ko‘ra, hozirga kungacha markaz kimyo, transport sohalaridagi hamda tog‘-metallurgiya sohasi uchun qurilmalar yekazib berish bo‘yicha loyihalarga 400 million dollarlik eksport kafolatlarini taqdim etgan.

Toshkentda qurilishi rejalashtirilgan, 500 ming tonna prokat listi ishlab chiqarish quvvatiga ega metallurgiya zavodining qiymati 278 million dollar deb baholangan. Qurilish bosh pudratchisi Rossiyaning "MetProm" kompaniyasi hisoblanadi. Loyihani amalga oshirish muddati ikki yil deb belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0